29 noyabr kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan qarindoshining uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan Gafurova Visola Ravshan qizi qidirilmoqda, deya ma’lum qildi IIBB.
Toshkent shahar IIBB @Tashkent24life internet-kanalida e’lon qilingan videolavhani, undagi tasvirga tushgan qizlarning shaxsini aniqlash uchun tekshiruvga oldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Qora niqobli IIBB xodimlari MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevni kasalxonadan olib ketdi. Jarayon videosi internetda tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
2018 yilning 30 noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashagan V.R. mast holda uyida sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida sigaret cho‘g‘i ko‘rpaga tushib yong‘in sodir bo‘lgan.
Rejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan «Scorpion» filmi 1 dekabrdan Alisher Navoiy nomli kino saroyida namoyish etilmoqda. «Scorpion» trillerining chiptasi 16 000 so‘m, kino saroyda namoyishi davom etayotgan boshqa filmlarning bilet narxi esa 12 000 so‘m qilib belgilangan.
2018 yil 18 yanvar kuni, soat taxminan 10.30larda «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 1068-kilometrida ikki yarusli «Kassbohrer» avtobusi yonib ketgandi, uning ichida 57 kishi bo‘lgan. Ro‘y bergan hodisa oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 52 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, 5 kishi kuyish jarohatini oldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent viloyat Bekobod tuman IIB YXXB xodimi S.I. viloyat prokurorining nomiga ariza bilan murojaat qiladi. U o‘z murojaatida prokuratura xizmat kiyimida o‘zini viloyat prokuraturasi 18-bo‘limining «Abduvohid» ismli tergovchisi deb tanishtirgan shaxs unga nisbatan viloyat prokuraturasining 8-bo‘limi tomonidan ariza yuzasidan tadbir tashkillashtirilayotganligini bildirib, unga yordam ko‘rsatishi mumkinligini aytib, 500 AQSh dollari talab qilayotganligini bildirgan.
Toshkentda soxta hujjatlar asosida bojxona to‘lovlarian imtiyozlardan foydalangan tashkilotlar aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
28 noyabr kuni iste’dodli aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova va Maratning nikoh oqshomi «Yakkasaroy» restoranida bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
2017 yil 24 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi V.B. va Yakkasaroy tumanida yashovchi M.A.lar Sayram tor ko‘chasida joylashgan ofisda tadbirkor G.SH.ga 5 000 tonna karbamid kimyoviy o‘g‘itini yetkazib berishlikni va’da qilib, sohta hujjatlar tayyorlash orqali firibgarlik yo‘li bilan undan jami 248 209 AQSh dollarini olib, va’dasini bajarmagan.
Bizga bir guruh fuqarolardan Toshkent shahar Sergeli tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli arzon uylar uchun 2018 yil mart oyida boshlang‘ich to‘lov to‘langani, ammo shu yil oktyabr oyiga kelib fuqarolar olishi kerak bo‘lgan uy qurilmagani haqida ma’lumot kelib tushdi. Turon24 mazkur masala yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi.