Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bekoboddagi soxta prokuratura xodimi fosh bo‘ldi

A A A
Bekoboddagi soxta prokuratura xodimi fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent viloyat Bekobod tuman IIB YXXB xodimi S.I. viloyat prokurorining nomiga ariza bilan murojaat qiladi. U o‘z murojaatida prokuratura xizmat kiyimida o‘zini viloyat prokuraturasi 18-bo‘limining «Abduvohid» ismli tergovchisi deb tanishtirgan shaxs unga nisbatan viloyat prokuraturasining 8-bo‘limi tomonidan ariza yuzasidan tadbir tashkillashtirilayotganligini bildirib, unga yordam ko‘rsatishi mumkinligini aytib, 500 AQSh dollari talab qilayotganligini bildirgan.

Mazkur ariza yuzasidan 2018 yil 28 noyabr kuni Toshkent viloyat prokuraturasi 8-bo‘limi va Bekobod shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyat MIBning sobiq davlat ijrochisi A.S. prokuratura organlari dala xizmat kiyimida S.I.dan firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: O‘zA

Kiritildi: 13:08 01.12.2018. O'qildi: 1844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik