“O‘zko‘rgazmasavdo” majmuasi yaqinida umumiy narxi 2000 AQSh dollari bo‘lgan 10 dona salyut va pirotexnika vositalarini sotishga uringan erkaklar qo‘lga olindi.
2018 yil 6 dekabr kuni Toshkent metrosining poyezdlaridan birida kichik nosozlik yuz berdi va bu holat tezda bartaraf etildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari“ matbuot xizmati “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.
Farg‘ona vodiysi shaharlari— Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon va boshqa hududlarni quyuq tuman qamrab oldi. Bu haqda «Nuz.uz» xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26 yilligi arafasida Toshkentga yana yangi avtobuslar keltirilmoqda.
Toshkent IIBB "Chilonzor-18" dahasida ko‘p qavatli uylar oldida to‘planadigan "kapalak"larga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lum qildi.
Joriy yilning 3 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda Misr Arab Respublikasidagi “Dorus-salom” nashriyotining rasmiy ijozati bilan Mushafi sharifni chop etishga start berilgan edi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yana bir oydan keyin BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi majlislar zalida terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.
5 dekabr kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-373 “M39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” avtomobil yo‘lining 214-kilometrida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgani xabar berilgandi.
Taniqli adabiyotshunos olim Omonulla Madayev "Kun" nashriga bergan intervyusida isloh qilinayotgan alifbo, oliy ta’lim tizimi, jamiyat mexanizmining nosoz murvatlari, Rauf Parfi va Shavkat Rahmon, yoshlar tarbiyasi va avj olib ketgan jinoyatchiliklar haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Ohangaron tumani IIB xodimi (ba’zi bir sabablarga ko‘ra ismi-sharifini ochiqlanmagan) qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘yib yuborish va unga sudda yordam berishni va’da qilib, evaziga fuqarodan 11 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olishga erishadi.
«Toshkent-Qobul» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan va “yashil” yo‘lak orqali o‘tgan fuqaro 25 350 AQSh dollarini olib o‘tmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "uznews.uz" yozmoqda.