“O‘zko‘rgazmasavdo” majmuasi yaqinida umumiy narxi 2000 AQSh dollari bo‘lgan 10 dona salyut va pirotexnika vositalarini sotishga uringan erkaklar qo‘lga olindi.
«UzNews.uz»ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasining xabar berishicha, joriy yilning 6 dekabr kuni 1991 yilda tug‘ilgan M.M. va 1996 yilda tug‘ilgan M.A. umumiy narxi 2000 AQSh dollari bo‘lgan 8 dona «7D» nomli salyut va 2 dona «Xlopushka feyerverk» pirotexnika buyumlarini sotishga uringan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 250/1-2 «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur band EKIHning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima to‘lash, 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlarini olib borish yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazoni o‘z ichiga oladi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.