Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda o‘g‘ri ayol qo‘lga tushdi

A A A
Toshkentda o‘g‘ri ayol qo‘lga tushdi

2018 yil 19 noyabr kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani Surum mahallasida yashovchi F.H. IIBga murojaat qilib, unda 2018 yil 16 noyabr kuni soat 13:30 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonasidan 1 500 AQSh dollari va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Bektemir tumani Chashma mahallasida yashovchi M.D. (ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 15:34 24.01.2019. O'qildi: 1783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik