Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Samarqand

Jomboyda uch nafar tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangan

Jomboyda uch nafar tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangan

Ayni vaqtda Jomboy tumani xavf darajasi o‘rtacha – “Sariq” toifaga kiritilgan.

Kiritildi: 19:38 28.05.2020. O'qildi: 4209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

+9. Andijonda o‘tgan yili tug‘ilgan go‘dak koronavirusni yengdi

Ayni soatlarda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Kiritildi: 19:23 28.05.2020. O'qildi: 2917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandda koronavirusga chalinganlar uchun shifoxona qurilyapti

Samarqandda harbiy shaharcha hududida 100 kishilik karantin shifoxona qurilyapti. Qurilishni bir oy muddat ichida yakunlash rejalashtirilgan.

Kiritildi: 18:36 28.05.2020. O'qildi: 3487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandda hokim ro‘zador o‘qituvchilarni hojatxona tozalashga jalb qilgani aytilmoqda

Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi Botir Jabborov tumandagi maktab o‘qituvchilarini ro‘za paytida maktab hojatxonalarini tozalashga jalb qilgan. Bu haqda «Daryo»ga ma’lum qilgan murojaatchilar hojatxona tozalayotgan va ta’mirlayotgan o‘qituvchilar rasmini ham yuborgan.

Kiritildi: 15:31 27.05.2020. O'qildi: 4362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

14-o‘lim! Koronavirusga chalingan samarqandlik erkak vafot etdi

Samarqandlik I. shu yilning 19 may kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida og‘ir ahvolda yotqizilgan. O‘tkazilgan tahlillar natijasida unda “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlangan. Paxtachi tumanida yashovchi 63 yoshli (erkak) ushbu bemor 3 yildan buyon I-guruh nogironligi bo‘lib, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashhisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017 yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.

Kiritildi: 23:03 26.05.2020. O'qildi: 5126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Ishtixonda ikki erkak "Matiz" bilan kanalga quladi. Qurbon bor

Holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:09 26.05.2020. O'qildi: 4078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandning eng yirik tumani «qizil» toifaga kirdi. Viloyatda nazorat kuchaytirilgan

Samarqand viloyatining eng yirik tumani Urgut ham «qizil» toifaga kiritilgan. Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ushbu tumanda kuchaytirilgan reyd tabdirlari o‘tkazilgani haqida video e’lon qildi va unda tuman «qizil» toifada ekani aytilgan.

Kiritildi: 12:58 26.05.2020. O'qildi: 6422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Koronavirus: Pastdarg‘om tumanining Juma shahriga kirib-chiqish to‘xtatildi

Ma’lumot uchun, Samarqand viloyatining shahar va tumanlaridagi epidemiologik vaziyat bo‘yicha Pastdarg‘om tumani «qizil» hududga kiradi.

Kiritildi: 10:00 22.05.2020. O'qildi: 4123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandda yana 3 nafar bemor koronavirusni yengdi 

Samarqand viloyatida shu paytga qadar 175 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 178 nafarga yetdi.

Kiritildi: 18:08 20.05.2020. O'qildi: 2990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqanddagi tibbiy muassasada koronavirus aniqlandi — filial vaqtincha yopildi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida davolanayotgan bemorlar va tibbiyot xodimlaridan COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli markazning faoliyati 2020 yilning 19 may kunidan boshlab vaqtincha to‘xtatildi.

Kiritildi: 17:53 20.05.2020. O'qildi: 4777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Diqqat! Samarqandda internatdan qochgan 14 yoshli bola bedarak yo‘qoldi

Samarqand viloyati IIB Jomboy tumani hududida internat tarbiyalanuvchisi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berdi.

Kiritildi: 13:54 20.05.2020. O'qildi: 3718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqand shahridagi qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangan?

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni damgacha Samarqand viloyatida 281 kishi koronavirus yuqtirgan va ularning 175 nafari tuzalgan, 1 kishi virus sabab vafot etgan. 

Kiritildi: 09:55 20.05.2020. O'qildi: 5276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.