Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda koronavirusga chalinganlar uchun shifoxona qurilyapti

Samarqandda koronavirusga chalinganlar uchun shifoxona qurilyapti

Samarqandda harbiy shaharcha hududida 100 kishilik karantin shifoxona qurilyapti. Qurilishni bir oy muddat ichida yakunlash rejalashtirilgan.

“Yangi majmuada turli kasalliklar, shu jumladan yuqumli kasalliklar davolanadi. Davolash va jonlantirish bo‘limlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, mazkur hududning o‘zida tibbiyot xodimlari uchun uy-joy qurilmoqda.

Harbiy shaharcha yondosh hududida 1000 kishilik karantin majmua qurilishi boshlangan. 

Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov qurilish vazirligining mas’ul rahbarlari bilan birgalikda ob’ekt va qurilish loyihasi bilan tanishib, tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi. Kelgusida bu tibbiyot muassasalarini O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshirish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 18:36 28.05.2020. O'qildi: 2995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!