AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo koronavirus pandemiyasi XXR laboratoriyalarida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin mazmunida tarqalgan taxminlarni tasdiqlovchi ma’lumotni e’lon qildi.
Donald Tramp g‘olib chiqqan 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bilan bog‘liq yuzlab tergov hujjatlari juma kuni maxfiylashtiriladi. Bu haqda Amerikaning Fox News telekanali Senatdagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
«Menimcha, voqealarning bunday rivojlanishi mamlakatimiz manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi yoki bizning konstitusiyamizga mos emas», — dedi vise-prezident.
Trampni lavozimidan chetlatishni yoqlab 232 kongressmen, jumladan, uning 10 nafar partiyadoshlari, ovoz berdi, 197 kishi qarshi chiqdi.
AQSh hukumati 70 yil ichida birinchi marta ayolga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi hukmini ijro qildi, deb xabar qildi The New York Times.
Amerikalik aktyor Chak Norris 6 yanvar kuni Vashingtondagi Kapitoliy binosi oldidagi namoyishlarda qatnashgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ayblovlarni rad etdi. Bu haqda u o‘zining tvitterida yozgan.
Yuzlab eronlik olimlar respublika havo hududiga bostirib kirishga uringani uchun AQSh harbiylariga hujum qilishga chaqirishdi. Bu haqda 840 olimning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizodaga yuborgan ochiq xatida aytilgan, deb yozadi Fars agentligi.
Deutsche Bank kelajakda Donald Tramp yoki uning kompaniyasi bilan ish olib bormaslikka qaror qildi, deb xabar berdi New York Times gazetasi.
Federal qidiruv byurosi AQSh huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini yakshanba kuni mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tishi kutilayotgan o‘ta o‘ng ekstremistlarning qurolli norozilik namoyishlari haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi BBC.
Amerikalik aktyor, Kaliforniyaning sobiq respublikachi gubernatori Arnold Shvarseneggerning aytishicha, Donald Tramp o‘zining tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirganidan keyin AQShning eng yomon prezidenti sifatida tarixga kiradi.
AQShning 41-prezidenti Katta Jorj Bushning opasi Nensi Ellis Bush koronavirus bilan kasallanganidan so‘ng vafot etdi.
AQSh qonunchiligiga ko‘ra, agar shaxs polisiya xodimiga hujum qilishda ayblanayotgan bo‘lsa, bu «polisiya xodimiga jiddiy tan jarohati yetkazishda katta xavf tug‘diradigan zo‘ravonlik harakati» sifatida baholanadi.