Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh tarixidagi sensasiya: Donald Trampga ikkinchi marta impichment e’lon qilindi

A A A
AQSh tarixidagi sensasiya: Donald Trampga ikkinchi marta impichment e’lon qilindi

AQSh kongressi Vakillar palatasi aksariyat a’zolarining ovozi bilan prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Trampni lavozimidan chetlatishni yoqlab 232 kongressmen, jumladan uning 10 nafar partiyadoshlari, ovoz berdi, 197 kishi qarshi chiqdi.     

Shu tariqa u AQSh tarixida ikki marta impichment e’lon qilingan yagona prezident bo‘ldi.

Prezident isyonga dav’at qilishda ayblanmoqda. Vakillar palatasi rezolyusiyasida Trampning xatti-harakatlari Konstitusiyaning “og‘ir jinoyat va noo‘rin xatti-harakatlar” ta’rifiga muvofiq kelishi bayon qilingan.

Endilikda hujjat kongressning yuqori palatasi Senatda ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Ammo yuqori palata spikeri Mitch Makkonnell impichment masalasini ko‘rib chiqish uchun shoshilinch yig‘ilish chaqirtirmasligini aytgan. Trampga u lavozimdan ketgandan so‘ng impichment e’lon qilishi yoki qilinmasligi noaniq. Kongress tarixida bunday holat ilgari kuzatilmagan.

2020 yil fevral oyida AQSh Senati prezident Donald Trampga e’lon qilingan birinchi impichmentni bekor qilgan edi.  O‘shanda u hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongressga to‘sqinlik qilishda ayblangandi.

2021 yil 6 yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga e’tiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar to‘dasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi g‘alabasi tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongressning qo‘shma sessiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Kongress a’zolari xavfsiz joyga olib ketildi va ular u yerda bir necha soat bo‘lishlariga to‘g‘ri keldi. Namoyishlarda 5 kishi halok bo‘ldi.

 

Kiritildi: 11:48 14.01.2021. O'qildi: 2538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!