Seshanba kuni Moskvada Rossiya harbiy maktablari bitiruvchilari bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat o‘zining jangovar salohiyatini yanada kuchaytirish niyatida ekanini aytdi va Rossiyani yanada kuchliroq qilishga va’da berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisidagi nutqi G‘arb ommaviy axborot vositalarida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Izvestiya” portali xabar bermoqda.
Putin Sankt-Peterburg iqtisodiy forumining yalpi majlisida ishtirok etdi.
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida so‘zga chiqqan Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqida gapirib, "maxsus operasiya"ning barcha vazifalari bajarilishini yana bir bor ta’kidladi.
16 iyun kuni Kiyevga tashrif buyurgan YEI yetakchilari — Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Italiya bosh vaziri Mario Dragi, Die Welt nashriga ko‘ra, ehtimol "yopiq eshiklar ortida" Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya Federasiyasi rahbari Vladimir Putin bilan muzokara stoliga o‘tirishga chaqirgan.
Germaniyaning Die Welt nashri yozishicha, G‘arbning Rossiya va uning prezidenti Vladimir Putinni yakkalab qo‘yish strategiyasi butun dunyoda o‘z samarasini bermadi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, "rossiyalik targ‘ibotchilar Ukrainada umidsizlikni qo‘zg‘atish» uchun faol ravishda soxta narsalarni tarqata boshlagan".
Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda Ukraina inqirozini hal qilishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Rossiya rahbarini Rossiya kuni bilan tabrikladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kelgusi haftada Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazish niyatida ekanini aytdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv chog‘ida Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi yettinchi sanksiyalar paketini kiritishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning fevral oyida Ukrainaga bostirib kirishi haqidagi ogohlantirishlariga e’tibor bermaganini aytgan edi.