Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘arbning Putinga qarshi harakati samara bermadi. Putin yolg‘iz emas — Die Welt

G‘arbning Putinga qarshi harakati samara bermadi. Putin yolg‘iz emas — Die Welt

Germaniyaning Die Welt nashri yozishicha, G‘arbning Rossiya va uning prezidenti Vladimir Putinni yakkalab qo‘yish strategiyasi butun dunyoda o‘z samarasini bermadi.

Rossiyaning Ukrainada maxsus harbiy operasiyasi boshlanganidan keyin Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh va Yevropa Ittifoqidan tashqari faqat bir nechta davlat yoqlamoqda. Eng yirik davlatlar - Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika esa Rossiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Putin yolg‘iz emas”, - deydi maqola mualliflari.

Nashr, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari neytral pozisiyani egallab, yoqilg‘ining jahon narxlarini pasaytirish maqsadida neft qazib olish hajmini oshirishga harakat qilmayotganini qayd etgan.

Die Welt jurnalistlarining yozishicha, Putin G‘arbdan ko‘proq qo‘llab-quvvatlanayotganidan foydalanmoqda.

Kiritildi: 08:48 17.06.2022. O'qildi: 6112 marta. Fikrlar soni: 19 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!