“Leonid Yakubovich vafot etdi”.
Sulton Axmadjonov ko‘k rangli "Matiz" rusumli avtomashinasini minib, noma’lum tomonga ketgan.
Endilikda oliy ta’lim muassasalariga bormasdan qaysi oliy ta’lim muassasasiga va qaysi ta’lim yo‘nalishiga qancha ariza topshirilganligi haqidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin.
Xitoy Xalq banki 3 iyul kuni mamlakat milliy valyutasi yuanning AQSh dollariga nisbatan kursini 0,5 foizga pasaytirdi. Bu esa, shu yilning yanvar oyidan e’tiboran eng quyi natija bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Amerikaning Aydaxo shtatida 30 yoshli Timmi Kinner ismli shaxs bolalar bayramiga pichoq bilan bostirib bordi va to‘qqiz kishini pichoqladi, deb xabar beradi New York Post.
Musulmon dunyosi ligasi tashkilotining bosh kotibi doktor Muhammad bin Abdulkarim al-Issa Italiyaning Florensiya shahrida o‘tkazilgan Galileo xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda arabnews.com zabar berdi.
“Real” klubi prezidenti Florentino Peres klub a’zosi Garet Beylni “Manchester Yunayted” futbolchisiga almashtirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Saudiya Arabistoni bilan ikki yillik yaxshi aloqalar va OPEK+ bilan neft qazib olishni kamaytirish bo‘yicha kelishuv Rossiyaga umumiy hisobda 4 trillion rubl keltirdi. Bu haqda Islam-today xabar tarqatdi.
“Manchester Yunayted” va hamda “Real” klublari o‘zaro futbolchi almashishlari mumkin.
Turkiya Suriyaning Afrin hududini jangarilardan tozaladi va u yerdagi boshqaruvni mahalliy aholiga topshirdi.
Britaniya polisiyasi Bosh razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishiga ikki kishi aloqador, deb hisoblamoqda. Ularga shu yilning mart oyida suiqasd qilingan edi.
Kunchiqar mamlakatda joriy yilning 25 iyunidan 2 iyuliga qadar oftob urishi tufayli 3,4 mingdan ziyod kishi shifoxonaga yotqizilgan, hayotdan ko‘z yumganlar esa uch nafarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonda yetishtirilgan gilosning birinchi partiyasi Xitoyning Sinszyan o‘lkasi bozorlarida ham paydo bo‘ldi. Bu haqda Fresh Plaza manbasi Urumchi bojxona xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.
O‘zbekiston termasi Jahon chempionatiga chiqa olmagan bo‘lsa ham, samolyotlarimiz chempionatga tez-tez borib kelyapti. Shunisigayam shukr.
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi O‘rtabo‘z mahallasida istiqomat qiluvchi Shuhratjon va Shohjahon Mamatov Ispaniyaning “Real Madrid” klubi xalqaro sport maktabiga chaqirildi, deb yozadi “Jomboy tongi” gazetasi.
Toshkentda ko‘p xonadonli uylarda yashovchilar uchun avval bekor qilingan «uy daftarlari» yana joriy etiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Avliyolar maqbarasi oldida "Falonchi valiyga atadim", deya jonliq so‘yishning hukmi nima?
Time jurnali 2018 yilning internetda ta’siri eng kuchli bo‘lgan odamlaridan iborat reytingni taqdim etdi, deb yozadi «RIA Novosti».
Yaponiya terma jamoasi 2:0 hisobidagi ustunlikni 20 daqiqa ichida boy berdi, uchinchi gol esa hakam hushtagi yangrashi arafasida urildi.
Bir-birimizga ola qarashni bas qilmasak, uzoqqa bormaymiz. To‘g‘rirog‘ini aytadigan bo‘lsak, hech qayerga borolmaymiz. Jamiyat ichidagi turfa guruhlar o‘zaro kelishuvga kelib, ushbu umumiy uyda birgalikda yashashning umumiy qoidalarini ishlab chiqmasa... bir joyda toptalib turaveramiz – barcha kuch, vaqt va iqtidor ma’nosiz (ma’noli bo‘lsa mayli edi) tortishuvga, huquqlarni talashishga ketib qoladi.
Avvallari to‘ylar xonadonlarda bo‘lib o‘tgan. Hovlilar o‘rniga ko‘p qavatli uylar qurilgani bois turli marosimlarni to‘yxonalarda o‘tkazish an’anaga aylandi. Bu juda qulay ekanini ta’kidlagan holda, restoranlarning narxiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, xarajatlar miqdori anchaga ko‘payadi. So‘nggi vaqtlardagi to‘y tadbirlarini ixchamlashtirish, sharoitdan kelib chiqib kamxarj to‘ylar o‘tkazish borasidagi targ‘ibotlar o‘z samarasini bermoqda.
MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasida harbiy-amaliy sportning "Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi" turi bo‘yicha Minsk shahrida o‘tkazilgan halqaro musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari mezbonlardan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak finalidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Braziliya va Belgiya terma jamoalari o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotida yangi davr boshlandi, deb aytish mumkin. Negaki, joriy yilning 29 iyun kuni qabul qilingan yangi soliq konsepsiyasi «sovetcha unsurlar»dan xoli.
O‘zbekistonlik sharhlovchi Xayrulla Hamidov jahon chempionati 1/8 finalida Belgiyadan mag‘lub bo‘lgan Yaponiya terma jamoasining o‘yin uslubini tanqid qildi. Yaponiyaliklar hisobda 2ta gol farqi bilan oldinda borayotib, o‘yin so‘nggiga qadar 3ta gol o‘tkazib yubordi va musobaqani tark etdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 100 mingdan ziyod bemor onkologik kasalliklar bo‘yicha ro‘yxatga olingan. Bu haqda 2 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonda onkologiya xizmatining holati: onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashning samarali tizimini yaratish, tashxislash va davolashning ilg‘or usullarini joriy etish, zamonaviy diagnostika va davolash apparatlari bilan ta’minlash holati va istiqbollar» mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb yozmoqda «Kun».
O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvaridan ishlab chiqarilganiga ikki yildan ko‘p bo‘lmagan va narxi 40 ming dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin bo‘ladi. Ularga nisbatan bojxona narxidan 20 foiz miqdorida aksiz solig‘i qo‘llaniladi.
Chin muhabbat va sadoqat har qanday sharoitda ham aslini yo‘qotmaydi. Sobiq tuzumning qonli qatag‘onlaridan minglab insonlar qatori azob chekkan O‘zbekiston halq yozuvchisi Said Ahmad va uning suyukli rafiqasi, benazir shoira Saida Zunnunovaning hayot yo‘llari bunga misoldir.
Joriy yil 1 iyulidan Toshkent shahrida «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi tajriba tariqasida amaliyotga joriy etila boshlandi. Bu haqda IIBB matbuot markazi ma’lum qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 13-turidan o‘rin olgan «Paxtakor»— «Bunyodkor» uchrashuvidan so‘ng «qaldirg‘ochlar» ustozi Mirjalol Qosimov jamoasining mavsum avvalidan beri mukofot pullarini olmayotganini ta’kidlagan edi.