Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Skotlend Yard Skripallar ishida ikki kishini gumon qilmoqda

A A A
Skotlend Yard Skripallar ishida ikki kishini gumon qilmoqda

Britaniya polisiyasi Bosh razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishiga ikki kishi aloqador, deb hisoblamoqda. Ularga shu yilning mart oyida suiqasd qilingan edi. 

Skotlend Yardga ko‘ra, gumonlanuvchilar Birlashgan qirollikni jinoyatni sodir etganlaridan bu kunisiga tark etishgan. Bu haqda  The Sun gazetasi Britaniya polisiyasidagi manbalariga asoslangan holda yozmoqda. Hodisa 4 mart kuni Solsberi shahrida ro‘y bergan edi. 

Polisiya, nashrga ko‘ra, bu xulosani ishdagi "jiddiy o‘zgarish" deb baholamoqda. Maqolada yozilishicha, ismi keltirilmayotgan bu shaxslar Rossiyadadir.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 12:48 03.07.2018. O'qildi: 1394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik