Endi Yuridik kollej bitiruvchilari Yuridik universitetga test sinovlarisiz qabul qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.
Bollivud yulduzi Shohruxxon Hindistonda katta obro‘ga ega. Aktyorning yurish, turishi, yashash sharoiti , kun davomida nimalar bilan shug‘ullanishi oddiy aholi uchun juda qiziq, desak adashmaymiz.
Haj ziyorati har bir musulmonning orzusi. Lekin O‘zbekistonga ajratilgan Haj kvotalari oshirilganiga qaramay, muqaddas ziyorat orzusida bo‘lgan minglab fuqarolar navbat kutib qolishmoqda. Bugun navbatsiz Hajga otlanayotgan fuqarolar buni qanday uddalashmoqda?
O‘zbekistonlik Darya Masalskaya 19 nafar raqobatchi bilan birga MDHning eng chiroyli qizi maqomi uchun kurashmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Venesuela o‘z milliy valyutasini denominasiya qilib uning kursini Petro nomli kriptovalyutaga bog‘lab qo‘yadi.
Jinoyatchilar maxsus moslama yordamida faqat “Lacetti” avtomashinalarini o‘margani aniqlangan va ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 iyul kuni xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish, bu boradagi qoloqliklarni bartaraf etish, sarmoyalarni o‘zlashtirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
PricewaterhouseCoopers CEO Survey yillik an’anaviy so‘rovini o‘tkazdi. Bu yilgi so‘rovda 85 mamlakatdan 1300ta CEO ishtirok etdi, shu jumladan, O‘zbekistondagi 30ta kompaniya rahbarlari, deb xabar qilmoqda Spot.
Boysundan, Omonxona qishlog‘idagi mo‘’jizakor buloqlar yonidagi dala hovlilardan birida dam olayotgan o‘zini M. Shonazarova deb tanishtirgan qashqadaryolik onaxon qo‘ng‘iroq qilib, noxush xabarni yetkazdi, deb yozadi «XXI asr» gazetasi.
Facebook o‘z tarixida qator rekordlarni qayd etgan, endi yana biriga yaqin turibdi, deb yozadi Bloomberg.
Britaniyaning Uiltshir grafligi polisiyasi Charli Rouli «Novichok» asab-falajlovchi modda bilan zaharlangan kuni borgan, Eymsberi shahri markazidagi poyabzal do‘konidan videokuzatuv kameralari yozuvini oladi. Bu haqda Huffington Post yozmoqda.
Saudiya Arabistoni haj ibodatini amalga oshirish uchun keladigan ziyoratchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida “Makka yo‘li” loyihasini amalga oshirmoqda.
Ukrainaning Kiyev shahrida joylashgan mudofaa vazirligi binosi oldida harbiy kiyim kiygan erkak ustiga yonuvchan modda quyib, o‘zini yoqib yubordi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Bugun, 26 iyul kuni Eronning Islom inqilobi posbonlari korpusi general-mayori Qosim Sulaymoni AQShga vayronkor urush bilan tahdid qildi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
O‘zbekiston hukumati dindorlik va mutaassiblik orasidagi chegarani qayerda ko‘radi? Hijob va soqol bo‘yicha siyosat qanday? Respublika Adliya vaziri Ruslanbek Davletov AQSh poytaxtida O‘zbekiston rasmiylari diniy e’tiqod va islohotlar haqida so‘zladi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Urganch xalqaro aeroportining texnik sabablar va harorat rejimi bo‘yicha 16 iyuldan vaqtincha yopilishi haqida xabar qilgan edi. Shu sababli Urganch aeroportidan amalga oshirilayotgan reyslar Nukus va Buxoro aeroportlariga ko‘chirildi.
Diqqatni tortadigan ajoyib fakt: jahon chempionati-2018 yarim finalidan o‘rin olgan birinchi to‘qnashuv, ya’ni Fransiya - Belgiya o‘yini qaydnomasiga qarasak, ikki jamoa tarkibidagi jami 46 nafar futbolchidan deyarli yarmi, aniqrog‘i, 22 nafari qaysidir jihat bilan Afrikaga bog‘liq ekan.
AQSh prezidentiga noo‘rin savollar bergani uchun CNN telekanali muxbiri Donald Tramp va Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker ishtirokidagi matbuot anjumaniga kiritilmadi. Bu haqida CNN kanalining o‘zi xabar berdi.
24 iyul kuni soat 14:01 da Jizzax shahar Oqqo‘rg‘onlik mahallasi F. Yusupov ko‘chasi 68-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi 2018 yil birinchi yarmida O‘zbekiston bilan savdo hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar o‘ntaligi haqida ma’lumot berdi.
Musson yomg‘irlari Bangladeshdagi rohinja musulmonlariga tegishli qochqinlar lageriga jiddiy zarar yetkazdi, deya xabar beradi Rohingya Vision.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampga sovg‘a qilgan Jahon chempionati-2018 ramzi tushirilgan futbol to‘pi maxsus chip bilan jihozlangan, deb yozadi RIA Novosti.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudida o‘z xotinini o‘ldirib, bir yil davomida jasadini yashirgan N. Rahimovning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi “Zamon” axborot dasturi.
Kecha, 25 iyul kuni Paragvayda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vaziri Luis Gneyting chiqqan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “La Nacion” nashri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2018 yil 2 iyuldagi PQ-3821-son qaroriga asosan Toshkent shahridagi Puchon universiteti tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi “Husayn Abdullo” fermer xo‘jaligida 1 ming 500 bosh naslli xikol quyoni parvarish qilinmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan 2019 yilda uchrashmoqchi. Bu haqda uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida Filippin Respublikasida Islom diniga e’tiqod qiladigan oz sonli aholi istiqomat qilib keladi.
25 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashagan B.D. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinani “Chimyon” MFYda joylashgan archazor tog‘idan pastga haydab tushayotganida boshqaruvini eplay olmay shu yerdagi soyga tushib ketgan.
O‘zbekiston 24 telekanalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori qabuliga bostirib kirishga uringan xorazmlik ayol xaqida video lavha taqdim etildi.