Kecha, 25 iyul kuni Paragvayda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vaziri Luis Gneyting chiqqan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “La Nacion” nashri
xabar bermoqda.
Uncha katta bo‘lmagan havo layneri Ayolasdan Asunsyonga ketayotgan bo‘lgan. Biroq belgilangan manzilga yetib bormagan. Polisiya tekshiruv operasiyalarini boshlagan. Samolyot bortida vazirdan tashqari uning o‘rinbosari Vinsente Ramires va ikki nafar uchuvchi bo‘lgan.
Samolyotning g‘oyib bo‘lganini Asunsyon aeroporti xabar bergan. Ekipaj bilan bog‘lanish uchun qilingan harakat natija bermagan.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy kotibiyat rahbari Xoakin Roaning so‘zlariga ko‘ra, nima bo‘lgani hozircha noma’lum. Qidiruv maydoni yetarlicha katta, hudud botqoqzor, shu sababdan qidiruv operasiyalariga maxsus texnikalar jalb qilinadi.
Manba: qalampir.com