Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Zo‘ravonlik yanada ko‘paydi: Ozod qilingan “Tolibon” a’zolari yana hibsga olindi

Zo‘ravonlik yanada ko‘paydi: Ozod qilingan  “Tolibon” a’zolari yana hibsga olindi

Afg‘onistonda “Tolibon” harakatining qamoqdan chiqarilgan 600 nafar a’zosi yana qo‘lga olingan. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar bermoqda.

Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Hamdulloh Mohibning aytishicha, ozod etilgan jangarilar yana harakatga qo‘shilib, hukumat kuchlari va tinch aholiga qarshi hujumlarda ishtirok etmoqda. 

2020 yilning fevral oyidagi AQSh va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati 5000 nafardan ortiq tolibni ozod etdi. Harakat esa 1000 nafar asirdagi xavfsizlik kuchlari askarlarini qaytarib berdi.

Hukumatning aytishicha, jangarilarning ozod etilishi tinchlik uchun xizmat qilmadi. Aksincha, zo‘ravonlik yanada ko‘paydi.

“Tolibon” vakili Zabihulloh Mujohid esa ozod etilgan jangarilar jang maydoniga qaytganini inkor etmoqda. Har ikki tomon bir-birini kelishuvni buzganlikda ayblamoqda.

Kiritildi: 11:28 26.01.2021. O'qildi: 2635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!