Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

"Zo‘r TV" uchun Yevro-2024 translyasiyasi qanchaga tushdi?

"Zo‘r TV" uchun Yevro-2024 translyasiyasi qanchaga tushdi?

Xabaringiz bor, shu kunlarda Germaniyada futbol bo‘yicha kattalar o‘rtasida Yevropa chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa O‘zbekiston hududida ko‘pchilik kutganidek MTRKga qarashli "Sport TV" telekanalida emas, "Zo‘r TV" ko‘ngilochar telekanalida namoyish etilmoqda.

Rost24.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, musobaqa translyasiyasi "Zo‘r TV" telekanaliga 1.2 million dollarga tushgan.

Tahririyat shuningdek, "Sport TV" direktori Zohid Karimov bilan ham bog‘lanib, telekanal nima sababdan Yevro-2024 musobaqasi translyasiya huquqini sotib olmagani bilan qiziqdi.

Zohid Karimov bu savolga "Bunga MTRK javob bera oladi, "SportTV" katta chempionatlar translyasiyalarini sotib olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralasha olmaydi", deya javob berdi.

Kiritildi: 09:56 13.07.2024. O'qildi: 11504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!