Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zominlik ota beshikda yotgan ikki oylik qizalog‘ini urib o‘ldirdi

Zominlik ota beshikda yotgan ikki oylik qizalog‘ini urib o‘ldirdi

Jizzax viloyati Zomin tumani, Dashtobod shahri, Paxtakor mahallasida yashovchi fuqaro xotini bilan janjallashayotgan vaqtida beshikda yotgan go‘dak qizalog‘ini  o‘ldirib qo‘ydi.  

Voqeaga erkakning shar’iy nikohidagi bo‘lgan ayoli bilan kelishmovchiliklari sabab bo‘ladi. 2020 yilning sentyabr oyida ayol shar’iy nikohidagi erining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan gaplashayotganidan xabar topgach, janjal ko‘taradi. Shu sabab oilada halovat yo‘qoladi. 2020 yilning 9 oktyabr kuni tungi soat 23 larda ularning beshikda yotgan qizi yig‘lay boshlaydi. Er ayolning bolani eplay olmayotganidan jahli chiqib, go‘dakni o‘zi uxlatmoqchi bo‘ladi. Bu yana janjalni keltirib chiqaradi. Er xotinini urish uchun beshikdagi  yostiqni olgan vaqtda, bolaning boshi beshik qirrasiga tegadi. Shu tariqa bolaga boshqa jarohatlar ham yetkaziladi. 

Ertalab ayol ichki ishlar organlariga murojaat qiladi. 2020 yilning 17 avgustida tug‘ilgan qizaloq shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan yordamlarga qaramasdan otasi tomonidan yetkazilgan jarohatlar oqibatida vafot etadi

Sud tibbiy ekspertizasi bolaning o‘limiga bosh miya yopiq jarohat, miya to‘qmasining ezilishi, miya pardasi ostiga, miya to‘qimasiga qon quyilishi kabi bir qancha jarohatlar sabab bo‘lganligini isbotladi. Sud aybdor otani 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. 

Kiritildi: 19:14 04.01.2021. O'qildi: 5121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!