Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zomin tumanida 14 yashar qizning o‘limiga sababchi bo‘lib, yana bir qizga jarohat yetkazgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Zomin tumanida 14 yashar qizning o‘limiga sababchi bo‘lib, yana bir qizga jarohat yetkazgan erkakka sud hukmi o‘qildi

2019 yil 24 avgust kuni soat 16:30 larda Zomin tumanida fuqaro SH.Jumaboyev mast holatda boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 25 Z 84 1 AA bo‘lgan “ZIL-130” rusumli avtomashinani boshqarib kelayotib, yo‘lning keskin burilish joyida boshqaruvni yo‘qotadi.
Natijada  yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan voyaga yetmagan piyodalar 2005 yilda tug‘ilgan Davlatbekova Umida Shavkat qizi va 2013 yilda tug‘ilgan Davlatboqova Noila Hasan qizlarini avtomashinasining old qismi bilan urib yuboradi.
Haydovchi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketadi. Natijada U.Davlatbekova olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etadi. 6 yoshli N. Davlatboqova tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizlgan.
Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 2019 yil 15 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha kuni Zomin tuman sudida sudya SH.Shamshiyev raisligida ko‘rib chiqilib, ayblanuvchi SH.Jumaboyevga 6 yil 6 oy  muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 15:46 27.11.2019. O'qildi: 3096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!