Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Zinokorning qissasi: «Singling qo‘shnining bolasidan homilador bo‘lib qolibdi»

Zinokorning qissasi: «Singling qo‘shnining bolasidan homilador bo‘lib qolibdi»

Bu qissa arab diyorilaridagi gazetalarda tarqalgan, muallifni ismini zikr qilmayman. Chunki qissago‘yning maqsadi faqatgina insonlar bu voqe’adan ibrat olishlari xolos. 
Qissa sohibi hikoya qiladi: 

«Men universitetda o‘qir edim va u yerda juda ko‘p talabalar noshar’iy ishlarni qilishardi. Men ham bir qiz bilan tanishib, u bilan noshar’iy ishlarni qilib yurdim. Hatto u mendan homilador bo‘lib qoldi. Buni qizning oilasi bilganidan so‘ng akalari kelib meni siquvga olishdi. Men ularga: 
«Men singlingni tanimayman, bor, homila qayerdan bo‘lganini boshqa yerdan tekshir!»
 - deb qutuldim. 

Ular meni ziddimga biror narsa qilolmaganligi uchun meni qo‘yib yuborishdi. Yillar o‘tdi, men bu ishni hatto unutib yubordim. Kunlardan bir kuni uyga kirdim, kirsam, onam hushidan ketib yotgan ekan...  Uyg‘otishga harakat qildim, ammo uyg‘onardiyu baqirib-baqirib so‘ng yana hushidan ketardi...

Shu holat uch marotaba takrorlandi so‘ng men:

-«Onajon nima bo‘ldi?» dedim.

- Onam: «Singling!» deb baqirar edi.

- Singlimga nima qildi? dedim. 

- Onam: «Singling qo‘shnining bolasidan homilador bo‘lib qolibdi» dedi... 

Qo‘shnining bolasini oldiga borib,  yoqasidan olib, unga hujum qilishni boshlagan edim,  shunday gap aytdiki, xuddi yuragimning o‘rtasiga nayza sanchilganday bo‘ldi.

 «Men sening singlingni tanimayman,  bor, homila qayerdan bo‘lganini boshqa yerdan tekshir!» - dedi.

Subhanalloh,  men zino qilgan qizning akalariga aytgan iboralarni xuddi o‘zini aytdi... 

Jazo amalining o‘zidan bo‘ldi.

Qissa shu bilan tugamadi. 

Juda qattiq alamlarni o‘z ichimga yutdim. Yillar o‘tganidan kegin uylanishga qaror qildim, to‘yga tayyorgarlik ko‘rib, nikoh qilib, birinchi kuni bildim ayolim oldindan zinokor ayol ekan va u menga: «Aybimni berkit,  Alloh ayblaringni berkitadi» - dedi.

O‘zimga-o‘zim hayqirdim,  Ey Robbim! Yetar... 

Etar... Ey Robbim! 

Shuncha jazo Yetar... - dedim. 

Ikkinchi marotaba qattiq zarba yedim va qiyinchilik bilan bu qissani ham o‘z ichimga yutdim. U bilan yillar o‘tkazdim va u menga oydek bir qiz tug‘ib berdi, yoshi olti yoshga to‘lgach, ko‘chadan yig‘lab keldi... 

 Binoning qo‘riqchisi qizimni zo‘rlabdi... 

Laa havla vala quvvata illaa billaah!

Alloh taolo aytadi: 

«Ular makr qildilar va Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makr» qilguvchilarning ustasidir»(8/30).

Kiritildi: 10:47 28.01.2020. O'qildi: 6201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!