Zimbabve poytaxti chekkasida avj olgan vabo epidemiyasini 60 kishi yuqtirgan va bir kishi halok bo‘lgan.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash va bolalar salomatligi vazirligi xabar berdi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik epidemiyasi Xarare shimolidagi Mazuye qishlog‘ida qayd etilgan. Bunga yagona artezian qudug‘i suvining tozalanmagani va oqava suvning to‘kilib, ochiq quduqlarni bosib ketishi sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mutasaddi idoralar tomonidan mahalliy aholi o‘rtasida profilaktika ishlari olib borilmoqda, kasallanganlarga yordam ko‘rsatish va shaxsiy gigiyena qoidalarini targ‘ib qilish maqsadida vaqtinchalik markaz tashkil etilgan. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi hal etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda vabo epidemiyasi Janubiy Afrika taraqqiyot hamjamiyatining bir qancha mamlakatlarida, birinchi navbatda Zambiya, Zimbabve, Malavi, Mozambik va Tanzaniyada qayd etilgan. O‘tgan fevral oyida Janubiy Afrika taraqqiyot hamjamiyati davlat va hukumat rahbarlarining favqulodda sammiti mintaqada vaboga qarshi ommaviy emlashni o‘tkazish va chegaralarda sanitariya nazoratini kuchaytirishga qaror qildi.