Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zidan “Manchester Yunayted”ga bosh murabbiy bo‘ladimi?

A A A
Zidan “Manchester Yunayted”ga bosh murabbiy bo‘ladimi?

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida ishlashni orzu qilmoqda.

"Xs.uz" xabariga ko‘ra, agar Mourinyo iste’foga chiqarilsa, Zidan “Manchester Yunayted”dan taklif kutayotganini yaqinlariga aytgan.

Ayni paytda, “qizil iblislar” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinyoning ishidan mamnun emas. Portugaliyalik mutaxassisning yarim himoyachi Pol Pogba bilan kelisha olmay qolgani va klubning transfer siyosatini tanqid qilayotgani ularga yoqmayapti. Buning oqibatida portugaliyalik mutaxassis tez orada iste’foga chiqarilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Zidan o‘tgan mavsum oxirida “Real”ni tark etgan edi.

Kiritildi: 17:08 24.08.2018. O'qildi: 1785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik