Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Zelenskiyning rafiqasi koronavirusni yengdi

Zelenskiyning rafiqasi koronavirusni yengdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya COVID-19 koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va kasalxonadan chiqdi. Bu haqda Prezident ofisining Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.

«Zelenskaya o‘zini yaxshi his etmoqda va yana oilasi bag‘riga qaytganidan baxtli. COVID-19’ni yengib o‘tgan Yelena ikki tomonlama pnevmoniya kasalligi asoratlaridan davolanishni davom ettiradi va uy sharoitida muolaja oladi», – deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yelena Zelenskayaning koronavirus yuqtirib olgani haqida 12 iyunda xabar qilingan. 16 iyunda Ukraina birinchi xonimi ikki tomonlama polisegment pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan, Vladimir Zelenskiy rafiqasi koronavirusga chalingani tufayli maxsus ish rejimiga o‘tgandi.

Ushbu voqeadan keyin prezident Vladimir Zelenskiy va uning farzandlari topshirgan tahlillar manfiy natija ko‘rsatgan.

Vladimir Zelenskiy rafiqasining kasallikdan tuzalayotgani haqida Twitter’da post qoldirgan va oila a’zolari bilan umumiy dasturxon atrofida o‘tirish imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandligini bayon qilgandi.

Kiritildi: 07:57 04.07.2020. O'qildi: 1978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!