Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiyning prezident lavozimidagi birinchi maoshi 500 dollardan kamroq bo‘ldi

Zelenskiyning prezident lavozimidagi birinchi maoshi 500 dollardan kamroq bo‘ldi

Vladimir Zelenskiyning Ukraina prezidenti lavozimidagi birinchi maoshi may oyida 12 797 griven (485 dollarga yaqin) bo‘ldi. Bu haqda prezident ma’muriyati Ukrainaning "Faktor" nashri so‘roviga bergan javobida aytilmoqda.

"Davlat ishlari boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga 2019 yil may oyi uchun 12 797 griven miqdorida maosh hisoblandi", - deyiladi javobda.

Qayd etilishicha, Zelenskiyga ustama va mukofotlar yozilmagan. Maoshdan 2 481 griven (95 dollar atrofida) majburiy yig‘im va soliqlar ushlab qolingan.

Zelenskiy prezident lavozimiga rasman 20 maydan kirishgan.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 20:30 25.06.2019. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!