Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan suhbatlashganini aytdi.
Bu haqda u Twitter sahifasida ma’lum qildi.
“AQShning Ukraina xalqini – moliyaviy va xavfsizlikni cheksiz qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat”, — deb yozadi Ukraina rahbari.
Avvalroq Bayden 25 avgust kuni Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish borasidagi taraqqiyot haqida aytib berishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
24 avgust kuni Jo Bayden Ukrainaga 2,9 milliard dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qildi.