Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy urushda qancha bola halok bo‘lganini aytdi

A A A
Zelenskiy urushda qancha bola halok bo‘lganini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushining bolalar bilan bog‘liq fojeali statistikalarini ma’lum qildi.

Shu paytgacha Ukrainada 243 nafar bola halok bo‘lgan, 200 ming bola esa Rossiyaga majburan olib ketilgan, jumladan, ular orasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, ota-onalari bilan olib ketilgan yoki oilasidan ajratilgan bolalar bor. Bu haqida Zelenskiy "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" xalqqa qilgan tungi videomurojaatida ma’lum qilgan.

Zelenskiy bayonotida aytilishicha, urush harakati olib borilayotgan hududlarda 446 nafar bola yaralangan, yana 139 nafari esa bedarak yo‘qolgan.

Ukraina prezidenti Rossiyaga majburan 200 ming bola olib ketilgani haqida gapirar ekan, shunday deydi:

"Bu jinoiy siyosatdan maqsad shunchaki odamlarni o‘g‘irlash emas, balki deportasiya qilinganlarni Ukrainani unutib, qaytib kela olmasligini ta’minlashdir. Ular Ukrainani bosib ololmaydilar, xalqimiz taslim bo‘lmaydi va bolalarimiz hech qachon bosqinchilar mulkiga aylanmaydi".

Kiritildi: 22:46 02.06.2022. O'qildi: 3165 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik