Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Ukrainaning hali hech bir prezidenti erishmagan ko‘rsatkichga erishdi

Zelenskiy Ukrainaning hali hech bir prezidenti erishmagan ko‘rsatkichga erishdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga fuqarolarning 70 foizi ishonadi, Ilko Kucheriv nomidagi "Demokraticheskiye inisiativi" fondi o‘tkazgan so‘rovda ana shunday ko‘rsatkich qayd etildi.

"Zelenskiyning “asal oyi” davom etmoqda. Yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiyga hozirda fuqarolarning 70 foizi ishonadi. Ukraina tarixida hech bir prezident bunday ishonchga erishmagan, Yushchenko 50 foizdan ortiqroq edi. Bu eng yuqori ko‘rsatkich", - dedi fond direktori Irina Bekeshkina.

Ukraina aholisi o‘rtasida so‘rov Ilko Kucheriv nomidagi "Demokraticheskiye inisiativi" fondi va Kiyev xalqaro sosiologiya universiteti hamkorligida 8 avgustdan 20 avgustgacha o‘tkazildi. 

So‘rov Ukrainaning barcha oblastlaridagi 103ta aholi maskanida, Donesk va Lugansk oblastlarida esa Kiyev nazorati ostidagi hududlarda o‘tkazildi.

Unda 18 yoshdan yuqori bo‘lgan 2040 kishi qatnashgan.

Kiritildi: 18:14 28.08.2019. O'qildi: 1941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!