Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Ukrainani qayta tiklash uchun qancha pul ketishini aytdi

Zelenskiy Ukrainani qayta tiklash uchun qancha pul ketishini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, mamlakatni qayta tiklash uchun kamida 600 milliard dollar kerak bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap infratuzilma ob’ektlari, turar-joylar va korxonalarni tiklash haqida ketmoqda. Aprel oyi o‘rtalarida Ukraina prezidenti mamlakatni qayta tiklashni 550 milliard dollarga baholagan edi.

U bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) mezbonlik qilgan bosh direktorlar sammitida videotasvirda so‘zlaganida ma’lum qildi, deb yozmoqda darak.uz.

“Avvalroq men 600 milliard dollar yo‘qotish haqida gapirgan edim, biz vayron bo‘lgan hamma narsani tiklay olamiz, siz esa tiklanishimizga yordam bera olasiz. Kompaniyalaringiz uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning, Kiyevda ofislar quring, Ukrainada kompaniyalarni ishga tushiring, shunda siz Yevropadagi eng yirik 40 milliondan ortiq bozorga kira olasiz”, dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat taxminiy miqdor. Shuningdek, u G‘arb kompaniyalariga mamlakatda ishlash uchun qulay shart-sharoitlarni va’da qildi.

Kiritildi: 10:37 04.05.2022. O'qildi: 6210 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!