Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina xalqiga murojaatida frontlardagi vaziyat haqida ma’lum qildi.
«Bugun men allaqachon Kiyevdaman. Men quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general Sirskiy bilan frontning barcha yo‘nalishlaridagi vaziyatni va bizning Kursk operasiyasini muhokama qildim. Pokrovskiy yo‘nalishida harbiylarimiz a’lo darajada harakat qilmoqda. Har bir askar, serjant va ofiser bizning pozisiyalarimizni himoya qilishni ta’minlaydi», — dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, Donesk va Zaporojye viloyatlarida sharoit «o‘ta og‘ir»ligicha qolmoqda, shiddatli janglar ketmoqda, biroq «Ukraina bo‘linmalarining chidamliligi asosiy rol o‘ynaydi».
Zelenskiy, shuningdek, shu hafta Ukraina uchun qurol yetkazib berish va ishlab chiqarish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishilganini aytdi. «Har bir xorijiy tashrif doimo Ukraina sanoatiga sarmoya kiritish haqida suhbat bo‘ladi», - deya ta’kidladi u Ukraina dronlar, snaryadlar va harbiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha katta imkoniyatlarga ega, ammo moliyaviy imkoniyatlar cheklangan.
Ukraina prezidenti Ukraina mudofaa sanoatiga sarmoya kiritayotgan hamkor davlatlarga minnatdorlik bildirdi. U Ukrainada qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishni nazarda tutuvchi Fransiya bilan hamkorlikning yangi modeli, shuningdek, sheriklar qurol ishlab chiqarishga sarmoya kiritadigan Daniya modeli haqida gapirdi.