Ukraina Rossiyaga energetika sohasida sulh tuzish taklifini taqdim etdi.
UNIAN portali xabar berishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda kechki nutqida ma’lum qildi.
"Agar Rossiya Ukraina energetika sektoriga hujumlarni to‘xtatsa, biz ham shunga o‘xshash javob qaytaramiz. Rossiya tomoni amerikaliklar orqali bunday taklif bilan chiqdi", deb ta’kidladi Ukraina rahbari.
Zelenskiy shuningdek, Kiyev Moskvaga Pasxa bayramlari uchun bir necha bor sulh tuzishni taklif qilganini, ammo Rossiya rahbariyati rad etganini eslatdi.