Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: Ukraina Rossiya hujumlarini javobsiz qoldirmaydi

Zelenskiy: Ukraina Rossiya hujumlarini javobsiz qoldirmaydi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning o‘z mamlakatiga qilgan hujumlarini javobsiz qoldirmasligini aytdi.

Zelenskiy tunda e’lon qilingan videomurojaatida Rossiya-Ukraina urushidagi so‘nggi voqealarni baholadi.

Rossiya armiyasi Ukrainaga zarba berishda davom etayotganini qayd etgan Zelenskiy xalqaro maydonda Rossiyaga nisbatan cheklovlar kuchaytirilishi kerakligini aytdi.

Rossiya kuchlarining Donbassga hujumlarini kuchaytirishga harakat qilayotganiga e’tibor qaratgan Zelenskiy: “Bosqinchilarning birorta ham hujum harakatini javobsiz qoldirmaymiz” dedi.

Ukraina-Evropa Ittifoqi sammiti 3 fevral kuni Kiyevda bo‘lib o‘tishini eslatgan Zelenskiy sammitda uning mamlakati uchun nihoyatda muhim bo‘lgan masalalar muhokama qilinishini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:55 03.02.2023. O'qildi: 2818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!