Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy tuzgan rejaning asosiy bandlari e’lon qilindi

Zelenskiy tuzgan rejaning asosiy bandlari e’lon qilindi

The Times'ga ko‘ra, Zelenskiy Bayden bilan uchrashuvda Ukrainaning "g‘alabasi rejasi"ni taqdim etadi.

Nashrning ma’lum qilishicha, reja to‘rtta asosiy banddan iborat:

— G‘arb davlatlaridan xavfsizlik kafolatlarini so‘rash. Ushbu kafolatlar NATO a’zolari o‘rtasida tuzilgan jamoaviy mudofaa paktiga o‘xshaydi;

— Kursk viloyatida operasiyani davom ettirish;

— Zamonaviy qurollarni olish;

— Vayron bo‘lgan Ukraina iqtisodiyotiga xalqaro moliyaviy yordam ajratilishi.

Nashr shuningdek, Zelenskiy rejani AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Trampga ham taqdim etishi haqida xabar berdi. Shuningdek, Zelenskiy Bayden idorasidan, hatto noyabrda Tramp g‘alaba qozongan taqdirda ham, xavfsizlik kafolatlari o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasligini istaydi.

Kiritildi: Bugun 18:12. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!