Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qosim-Jomart Tokayevni Qozog‘istondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Ukraina prezidenti Qozog‘istonga insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirdi va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.