Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Rossiyaning Donbass bo‘yicha talabini rad etdi

Zelenskiy Rossiyaning Donbass bo‘yicha talabini rad etdi

Ukraina Rossiyaning Donbassdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi «Novosti Live».

«Rossiya murosa taklif qildi: biz o‘z hududimizdan, hozirda nazorat qilayotgan hududdan chiqib ketishimiz lozim», dedi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev Rossiyaning Ukraina o‘ziniki deb hisoblagan hududlardan chiqib ketishini va reparasiya to‘lovlarini asosiy murosa deb biladi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarini Donbassdan «bugundan boshlab» olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerakligini aytgan edi. Uning aniqlik kiritishicha, bu ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolishi va mojaroning qizg‘in bosqichiga chek qo‘yishga yordam berishi mumkin.

Donbass hududidan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqib ketilishi Rossiyaning asosiy talabi bo‘lib qolmoqda. Ukraina rahbariyati esa xalq roziligisiz bunday qarorlar chiqarilmasligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 21:25 03.04.2026. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!