Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi temiryo‘l va transport infratuzilmasiga hujumlarni kuchaytirgan.
Shu bilan birga, u Rossiya o‘tgan hafta qisqa muddatli energetik sulhga rozi bo‘lganidan beri energetika ob’ektlariga yo‘naltirilgan zarbalarni amalga oshirmayotganini qayd etdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, vaziyat front orti infratuzilmasiga bosim ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.