Vladimir Zelenskiy musodara qilingan Rossiya aktivlarini sotish hisobiga to‘ldiriladigan qurol ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun harbiy fond yaratish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Bu haqda u Kiyevda bo‘lib o‘tgan mudofaa sanoati birinchi forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida aytdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, rejalashtirilgan jamg‘arma harbiy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qo‘shimcha resurslar beradi, shuningdek, harbiy ob’ektlarni yaratish bo‘yicha hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
"Jamg‘arma davlat mudofaa aktivlaridan olingan dividendlar va musodara qilingan Rossiya aktivlarini sotishdan olingan foydadan to‘ldiriladi", dedi u.