Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Zelenskiy ishsiz qolgan Ukrainaliklarga va’da berdi

A A A
Zelenskiy ishsiz qolgan Ukrainaliklarga va’da berdi

Ukrainada harbiy harakatlar tufayli mehnat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan mamlakat fuqarolariga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 3 mart kuni o‘zining rasmiy saytida yozdi.

“Hukumatimiz allaqachon urush tufayli ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan barcha ukrainaliklar uchun maxsus yordam dasturini tayyorlagan. Har bir yollanma ishchi, har bir «Fopovets» (yakka tartibdagi tadbirkor), Rossiya ishlash imkoniyatini tortib olgan Ukraina fuqarolarimizning har biri hech qanday shartlarsiz 6500 grivindan (taxminan 22 ming rubl) oladi”, — dedi Zelenskiy.

U, shuningdek, jangovar harakatlarga qaramay, Ukrainada pensiyalar barqaror ravishda to‘lanadi va mart oyida ular 14% indeksasiyani hisobga olgan holda, barcha nafaqaxo‘rlarga to‘lanadi, deb ta’kidladi.

Kiritildi: 21:06 03.03.2022. O'qildi: 4876 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!