Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ikki yil davomida bunkerda yashaganini ma’lum qildi.
“Men ikki yil davomida bunkerda yashadim, u yerda uxladim, lekin ofisda ishladim. Hozir men u yerda yashamayman; faqatgina trevoga signali bo‘lsa, u yerga tushaman”, — dedi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, urushning ilk bosqichida xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday tartib joriy etilgan.