Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: "Harbiy qismdan so‘ng, har qanday holatda, tinchlik jarayoni bo‘lishiga ishonchim komil"

Zelenskiy: "Harbiy qismdan so‘ng, har qanday holatda, tinchlik jarayoni bo‘lishiga ishonchim komil"

Davosdagi Ukraina nonushtasida internet orqali so‘zlagan Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi urush tinch yo‘l bilan yakunlanishini aytdi, biroq Rossiyaning qaysi prezidenti Ukraina bilan muzokara olib borishi hozircha aniq emas, deya ta’kidladi.

"Harbiy qismdan so‘ng, har qanday holatda, tinchlik jarayoni bo‘lishiga ishonchim komil. Muzokaralar stoli ham bo‘ladi. Va albatta tinchlik bo‘ladi. Savol: Ukraina kim bilan muzokara olib boradi? Savol: Rossiyaning qaysi prezidenti bilan. Bu Rossiyaning amaldagi prezidentining xohishiga ham bog‘liq”, — dedi Zelenskiy.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, urushning tugash vaqti G‘arbning Rossiya bilan to‘qnash kelishdan qo‘rqmaslik, Ukrainaga qurol-yarog‘ bilan yordam berish va uni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash istagiga bog‘liq.

"Va bu Rossiya Federasiyasining xohishiga ham bog‘liq, chunki bu urush baribir tugaydi", dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya tomoni qonli urushdan diplomatiyaga o‘tish istagini namoyon qilganida Kiyev muzokaralarga o‘tiradi".

Kiritildi: 18:37 25.05.2022. O'qildi: 2612 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!