Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy frontdagi vaziyat haqida gapirdi

Zelenskiy frontdagi vaziyat haqida gapirdi

Prezident Vladimir Zelenskiy kechki nutqida Donetsk yo‘nalishi va Xarkov viloyatidagi vaziyat haqida gapirib, Rossiyaning boshqariladigan bombalar bilan hujumlariga qaramay, Ukraina hamma joyda nazoratni saqlab qolganini aytdi. Zelenskiy, shuningdek, qo‘shimcha havo mudofaa tizimlari va yangi jangovar samolyotlar zarurligini ta’kidladi.

«Bugun men Bosh qo‘mondon bilan, xususan, Donetsk yo‘nalishidagi, Xarkov viloyatidagi vaziyat haqida suhbatlashdim. Biz hamma joyda nazoratni saqlayapmiz. Rossiyalik qotillar boshqariladigan aviabombalardan faol foydalanmoqda: chasov Yar shahri, Pokrov yo‘nalishi, Lipsev tumani, Xarkov viloyati va boshqa jang maydonlarida», dedi u.

«Ammo biz hali ham bir nechta hamkorlar bilan istiqbolli ish olib bormoqdamiz va biz sharqiy mintaqalarimizga, Xarkov, Sumi va boshqa shaharlarimizga "patriotlar" kuchini qo‘shishimiz mumkin bo‘lgan kun tezroq kelishi uchun hamma narsani qilyapmiz», deya Zelenskiy umid bildirdi.

Kiritildi: 09:00 21.05.2024. O'qildi: 1494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!