Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Daniyadagi sammitda ishtirok etadi, Makron bilan uchrashadi

Zelenskiy Daniyadagi sammitda ishtirok etadi, Makron bilan uchrashadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun Daniyaga tashrif buyurishini va kechqurun Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Daniyada Ukraina – Shimoliy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlari sammitida ishtirok etadi.

Shuningdek, Zelenskiy Daniyadagi sammit va Fransiyadagi muzokaralar chog‘‘ida asosiy e’tibor keyingi qadamlarni kelishib olish hamda ittifoqchilarning Rossiyaga qarshi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishga qaratilishi kerakligini ta’kidladi.

Payshanba kuni Ukraina prezidenti “Irodalar koalisiyasi” yig‘ilishida ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. U yerda Rossiya Federasiyasiga bosimni kuchaytirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan munosabatlarda yangi tashabbuslarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 19:42 03.09.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!