Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Buyuk Britaniyada!

Zelenskiy Buyuk Britaniyada!

Rishi Sunak Twitter'da “Buyuk Britaniyaga xush kelibsiz” deya post yozib, Zelenskiy bilan birga tushgan suratini e’lon qildi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Vladimir Zelenskiy chorshanba kuni Britaniya parlamentida nutq so‘zlashi va qirol Charlz III bilan uchrashishi kutilmoqda.

Avvalroq Sky News nashri Buyuk Britaniya Bosh vazir devoniga tayanib Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rishi Sunak va ukrainalik harbiylar bilan uchrashish uchun bugun Buyuk Britaniyaga kelishi haqida xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, tashrif chog‘ida Zelenskiy Britaniyada harbiy mashg‘ulot o‘tkazayotgan Ukraina harbiylarini borib ko‘radi.

Shuningdek, Ukraina prezidenti bosh vazir Rishi Sunak bilan harbiy uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha yangi dastur masalasini ham muhokama qiladi.

Kiritildi: 17:54 08.02.2023. O'qildi: 1553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!