Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT tinchlikparvar missiyasini Ukrainani himoya qilish uchun potensial harbiy kontingentga muqobil deb hisoblash mumkin emasligini aytdi.
Bu haqda u Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Hurmat bilan, BMT bizni ishg‘oldan yoki Putinning yana kelish istagidan himoya qilmaydi. Biz BMTni kontingent yoki xavfsizlik kafolatlariga muqobil sifatida ko‘rmayapmiz", - dedi Ukraina rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina BMT bilan muloqotni davom ettiradi, ammo tinchlikparvarlik missiyasiga agressiyani tiyishning samarali vositasi sifatida ishonmaydi. Zelenskiy shuningdek, Moskva allaqachon barcha xalqaro normalarni buzganini va uning rahbariyati BMT qarorlaridan qo‘rqmasligini ta’kidladi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishga muqobil sifatida BMT tinchlikparvar missiyasini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.