Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy 25 va 26 yoshli ukrainaliklarni safarbar qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

Zelenskiy 25 va 26 yoshli ukrainaliklarni safarbar qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

Prezident Zelenskiy 25 va 26 yoshli ukrainaliklarni safarbar qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Rada tomonidan qabul qilingan «Harbiy burch va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga harbiy xizmatga majbur bo‘lganlar uchun eng yuqori chaqiruv yoshini 27 yoshdan 25 yoshgacha qisqartiruvchi tuzatishni imzoladi.

Qonun loyihasini tayyorlashda Ukraina Mudofaa vazirligi chaqiruv yoshi chegarasining qisqartirilishini safarbarlik zaxirasini to‘ldirish zarurati bilan asosladi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirish safarbar etilishi mumkin bo‘lgan fuqarolar doirasini 25 va 26 yoshdagi muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni ham qamrab olish imkonini bermoqda.

Bungacha 27 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar harbiy xizmat tajribasiga ega bo‘lmagan holda ham majburiy safarbarlikka tortilgan.

Kiritildi: 20:59 02.04.2024. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!