Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Zarbdor agroservis MTPdan deyarli 45 mln. so‘m ish haqi undirildi

Zarbdor agroservis MTPdan deyarli 45 mln. so‘m ish haqi undirildi

Fuqarolar Sarvar Eshmurzayev, Hakimjon Namozov, Bahrom Tilovbekov va Anvar Fayzullayev bir necha yillar davomida Zarbdor agroservis MTP mas’uliyati cheklangan jamiyatida faoliyat ko‘rsatishdi.

Ammo, korxona tomonidan xodimlarning oylik ish haqi vaqtida to‘lanmadi. Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining buyrug‘iga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Zarbdor tuman bo‘limi davlat ijrochilari ijro harakatlarini olib borib, qarzdor Zarbdor agroservis MTP MCHJning ATB Agrobank Zarbdor tuman filialidagi hisob raqamlariga band solindi.

Ko‘rilgan choralar natijasida Sarvar Eshmurzayev foydasiga 10.498.284 so‘m, Hakimjon Namozov foydasiga 2.725.569 so‘m, Bahrom Tilovbekov foydasiga 15.250.845 so‘m, Anvar Fayzullayev foydasiga 16.311.926 so‘m, jami 44 mln. 786 ming so‘m ish haqi undirib berildi.

Kiritildi: 11:26 16.04.2019. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!