Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zangiotadagi kasalxona bir vaqtning o‘zida uchta ta’minot orqali elektr olish imkoniga ega

Zangiotadagi kasalxona bir vaqtning o‘zida uchta ta’minot orqali elektr olish imkoniga ega

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, jurnalist Xurshid Daliyevning "Twitter" sahifasidagi postida Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida elektr ta’minoti uzilib qolgani va kislorod konsentratoriga ulangan bemorlarning ko‘pchiligi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati  ma’lum qilishicha, yuqorida qayd etib o‘tilgan kasalxonaning elektr energiya ta’minoti uch tomonlama, ya’ni Zangiota elektr ta’minoti korxonasi tasarrufidagi nimstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “Shifoxona-1,2”, 110/10 kVli “Istiqbol” va “TMZ” nimstansiyalaridan chiquvchi 10 kVli “Sog‘lom-1,2” va  “Shifoxona-3,4” elektr tarmoqlari orqali ta’minlanadi.

Shu bilan birga, mazkur kasalxonaning reanimasiya bo‘limlari uchun maxsus UPS va dizel elektr manbai o‘rnatilgan bo‘lib, shifoxonaning elektr ta’minoti uchun 24 soat navbatchilik tashkil etilgan. 

Jurnalist Xurshid Daliyev postida keltirib o‘tgan sanasida mazkur hududda elektr energiyasida uzilish kuzatilmagan. Bu holatda kasalxonada birorta o‘lim qayd etilmaganligini shifoxona ma’muriyati ham tasdiqladi. 
 

Kiritildi: 15:01 13.10.2020. O'qildi: 2680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!