Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Zangiotada talonchilar guruhi qo‘lga olindi

A A A
Zangiotada talonchilar guruhi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 10 iyun kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi F.H. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda u shu yil 9 iyun kuni “Qo‘yliq” dahasidan “Chilonzor” buyum bozorigacha N.Z. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib ketayotib, Qumariq mahallasiga yetib kelganida noma’lum shaxslar davlat raqamlari aniqlanmagan “Lada” rusumli avtomashinada yo‘lini to‘sib, to‘xtatib, uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib pullari va “Samsung” mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Xorazm viloyati yashovchi N.M. va Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi M.K. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 14:34 11.06.2018. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik