Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Zangiota tumanida 10 ming litr etil spirtini muomalaga kiritilishining oldi olindi

A A A
Zangiota tumanida 10 ming litr etil spirtini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi hamda alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.” MCHJ rahbari Z.M. va texnologi R.A. o‘zaro til biriktirib, “Gulbog‘” MFY hududidagi binoda tegishli ruxsatnoma va lisenziya olmasdan qonunga xilof ravishda etil spirti ishlab chiqarish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, tadbir jarayonida umumiy bahosi 344,1 mln so‘mlik jami 10 ming litr etil spirti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:02 04.01.2025. O'qildi: 1064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!