Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Yuzni taniydigan tizim siyosatchini jinoyatchi bilan chalkashtirib yubordi

Yuzni taniydigan tizim siyosatchini jinoyatchi bilan chalkashtirib yubordi

Amerika fuqarolar erkinligi  ittifoqi Amazon yaratgan Rekognition yuzni taniydigan yangi tizimni tekshirib ko‘rishga qaror qilishdi. Tizim esa imtihondan o‘ta olmadi.

Amerika fuqarolar erkinligi  ittifoqi inson huquqlarini himoya qiluvchi notijorat tashkilot bo‘lib, kuni kecha 12 dollaru 33 sent xarjlab, ko‘plab odamlarning hayoti va erkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan tizimni sinab ko‘rishdi.

Rekognition sozlagichidan foydalanib 25000 nafar jinoyatchi fotografiyasini skaner qilib chiqdi va ularni Kongress a’zolari fotasuratlari bilan solishtirishdi. Natijada tizim 28 nafar kongressmenni jinoyatchi sifatida identifikasiya qildi.

Ta’kidlash joizki, bu shunchaki hazil fakt bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin Amazon kompaniyasi o‘zining ushbu tizimini polisiyachilar va qo‘riqlash tashkilotlariga juda faol reklama qilib keladi va ularning ayrimlari foydalanishmoqda ham. Ammo, ko‘rinib turibdiki, bu borada xatoga yo‘l qo‘yilsa uning bahosi juda qimmatga tushishi turgan gap.

Amazon vakilining  The Verge saytiga ma’lum qilishicha, bunday xunuq natija uchun kalibrovkaning kamligi sabab bo‘lgan. «Saksan foizlik ishonch xot-dog, stullar, hayvonlarni  identifikasiya qilishga yetarli, lekin odamlarni ajrotishga to‘g‘ri kelmaydi».

Kompaniya aksionerlari va ishchilarining noroziligiga qaramay, Amazon hamon mazkur tizimni huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga sotish g‘oyasidan voz kechgani yo‘q.

Manba: terabayt.uz

Kiritildi: 00:02 30.07.2018. O'qildi: 1205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!