Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Yuz bergan yirik YTHda 14 kishi halok bo‘ldi

Yuz bergan yirik YTHda 14 kishi halok bo‘ldi

Pokiston sharqidagi Panjob provinsiyasining Jang tumanida avtobus halokatida 14 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi yaralandi.

Bu haqda polisiyaga tayanib, The Express Tribune nashri xabar berdi.

Avtobusda universitet talabalari Lahordagi sport musobaqasiga ketayotgan bo‘lgan.

"Traktorni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan mikroavtobus qarshi yo‘lga chiqib, avtobusga borib urilgan. To‘qnashuv natijasida 9 kishi bir zumda vafot etgan, yana besh kishi keyinroq kasalxonada vafot etgan. Jarohatlangan 29 kishidan 3 nafarining ahvoli og‘ir", - deya ma’lum qildi polisiya.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!